12-15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

12-15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

10.10.2025

12-15 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, 12-13 oktabrda kunduzi 20-25°, 12-13 oktabrda 20-25°, 14-15 oktabrda 19-24° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat  kechasi 10-15°, kunduzi 12-13 oktabrda 25-30°, 14-15 oktabrda 23-28° bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, 12-13 oktabrda kunduzi 27-32°, 14-15 oktabrda 25-30° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, 12-14 oktabrda kunduzi 24-29°, 15 oktabrda 22-27° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.