8-11 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
06.10.2025
8-11 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8-9 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°, 10-11 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 23-28° bo‘ladi, 9-11 oktabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 25-30° gacha ko‘tariladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 oktabrda 8-13°, 11 oktabrda 10-15°, kunduzi 8 oktabrda 20-25° bo‘ladi, 9-11 oktabrda 25-30° gacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-9 oktabrda 8-13°, 10-11 oktabrda 10-15°, kunduzi 8 oktabrda 23-28° bo‘ladi, 9-11 oktabrda 27-32° gacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 10-11 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 8-9 oktabrda 15-20°, 10-11 oktabrda 17-22° bo‘ladi.