2 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

2 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

02.10.2025

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 2 oktabr kuni O‘zbekiston hududiga salqin va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.

Respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati kunduz kunlari 18-21 darajagacha, kechalari 8-13 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 13-16 darajagacha, kechalari 4-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 

 

 

2 OKTABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutliba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-23°, shimolda 13-18° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkun. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog’li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° bo‘ladi.