2 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 1 oktabr soat 20 dan 2 oktabr soat 20 gacha

2 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 1 oktabr soat 20 dan 2 oktabr soat 20 gacha

01.10.2025

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 2 oktabr kuni O‘zbekiston hududiga salqin va nisbatan nam havo massalari kirib kelishi davom etadi.

Respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati kunduz kunlari 18-21 darajagacha, kechalari 8-13 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 13-16 darajagacha, kechalari 4-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

2 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 1 oktabr soat 20 dan 2 oktabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ertalab va kechqurun yomg’ir yog’adi. Kunduzi yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11°, kunduzi 18-20° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°, Navoiy viloyatining shimolida 5-10°, kunduzi 13-18°bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutl bo’ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 8-13° bo‘ladi.