2-5 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
30.09.2025
2-5 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 va 5 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 2 oktabrda 13-18°, 3-5 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 va 5 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 2-4 oktabrda 17-22°, 5 oktabrda 15-20° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 va 5 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 2 oktabrda 18-23°, 3-5 oktabrda 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 3-5 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 2 oktabrda 18-23°, 3-5 oktabrda 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 oktabrda 12-17° bo‘ladi, 3-5 oktabrda 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 2 oktabrda 23-28°, 3-5 oktabrda 20-25° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 4-5 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 oktabrda 8-13°, 3-5 oktabrda 5-10°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 2-3 oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 4-5 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 oktabrda 8-13°, 3-5 oktabrda 5-10°, kunduzi 2-3 oktabrda 10-15°, 4-5 oktabrda 13-18° bo‘ladi.