30 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.09.2025

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 1-2 oktabr kunlari O‘zbekiston hududiga salqin va nisbatan nam havo massalari kirib keladi.

Respublikaning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati kunduz kunlari 18-21 darajagacha, kechalari 8-13 darajagacha, shimolda kunduz kunlari 13-16 darajagacha, kechalari 4-7 daraja iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 

 

30 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutliba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29°, shimolda ba’zi joylarda 17-22° bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydiShamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.