1-4 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

1-4 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

29.09.2025

1-4 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2-4 oktbrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 1 oktabrda 6-11°, 2-4 oktabrda 4-9° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi. 

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 oktabrda kechasi 8-13°, kunduzi 17-22°, 2-4 oktabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 oktabrda Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi, 2-4 oktabrda kechasi 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 18-23° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 3-4 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 1 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° bo‘ladi, 2-4 oktabrda kechasi 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-2 oktabrda 12-17° bo‘ladi, 3-4 oktabrda 8-13° gacha pasayadi, kunduzi 1 oktabrda 28-33° bo‘ladi, 2-4 oktabrda 20-25° gacha pasayadi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 va 4 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 2-3 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 oktabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi, 2-4 oktabrda kechasi 8-13° gacha, kunduzi 18-23° gacha pasayadi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-3 oktabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1 oktabrda 10-15° bo‘ladi, 2-4 oktabrda 5-10° gacha pasayadi, kunduzi 10-15° bo‘ladi.