29 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

29.09.2025

29 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutliba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, Navoiy viloyati shimolida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarida 13-18 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26-31°, shimolda ba’zi joylarda 20-25° gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, faqat Toshkent viloyatida ayrim joylarda kechqurun biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.