29 SENTABR-2 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
27.09.2025
29 SENTABR-2 OKTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 30 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-2 oktbrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29-30 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi,
1-2 oktabrda kechasi 4-9° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 sentabr-1 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29 sentabrda kechasi 10-15°,
kunduzi 23-28° bo‘ladi, 30 sentabr-2 oktabrda kechasi 4-9° gacha, kunduzi 15-20° gacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.. Harorat kechasi 29 sentabrda-1 oktabrda 12-17°, 2 oktabrda 8-13°, kunduzi 29 sentabrda 27-32° bo‘ladi,
30 sentabr-2 oktabrda 20-25° gacha pasayadi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 oktabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 29 sentabrda 26-31° bo‘ladi, 30 sentabr-2 oktabrda 20-25° gacha pasayadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 29 sentabrda-1 oktabrda 28-33°,
2 oktabrda 23-28° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 29-30 sentabrda 25-30°,
1-2 oktabrda 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-2 oktbrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°, 30 sentabr-2 oktabrda kechasi 5-10° gacha, kunduzi 10-15° gacha pasayadi bo‘ladi.