26 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 25 sentabr soat 20 dan 26 sentabr soat 20 gacha
25.09.2025
26 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 25 sentabr soat 20 dan 26 sentabr soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 26-28° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 ms tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, faqat Toshkent viloyatida ayrim joylarda kechasi va ertalab biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 ms tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.