26-29 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
24.09.2025
26-29 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 26 sentabrda 25-30°, 27 sentabrda 23-28°, 28-29 sentabrda 20-25° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 26-31° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 sentabrda Toshkent, Sirdryo viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog’ishi momoqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26 sentabrda 24-29° , 27-29 sentabrda 26-31°bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26 sentabrda 27-32°, 27-29 sentabrda 29-34° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 26 sentabrda 24-29° 27-29 sentabrda 26-31° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 26 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog’adi. 27-28 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 26 sentabrda 15-20° , 27-29 sentabrda 20-25° bo‘ladi.