20-23 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
18.09.2025
20-23 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20-21 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 22 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 23 sentabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20 va 23 sentabrda 23-28°, 21-22 sentabrda 20-25° bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20 va 23 sentabrda 23-28°, 21-22 sentabrda 20-25° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 sentabrda Navoiy viloyati shimolida kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20 va 23 sentabrda 10-15°, 21-22 sentabrda 12-17°, kunduzi 20-21 sentabrda 27-32°, 22 sentabrda 21-26°, 23 sentabrda 23-28° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20 va 23 sentabrda 10-15°, 21-22 sentabrda 12-17°, kunduzi 20 sentabrda 25-30°, 21 sentabrda 27-32°, 22-23 sentabrda 20-25° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 20-21 sentabrda 30-35°, 22-23 sentabrda 27-32° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 20-21 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 23 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-23 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20 sentabrda 10-15°, 21-23 sentabrda 12-17°, kunduzi 20 sentabrda 25-30°, 21 sentabrda 27-32°, 22 sentabrda 22-27°,
23 sentabrda 20-25° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-23 sentabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° dan 9-14° gacha o‘zgarib turadi, 21-22 sentabrda 7-12°, kunduzi 20-21 sentabrda 18-23° bo‘ladi, 22-23 sentabrda asta-sekin 10-15° gacha pasayadi.