18 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 17 sentabr soat 20 dan 18 sentabr soat 20 gacha

18 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 17 sentabr soat 20 dan 18 sentabr soat 20 gacha

17.09.2025

18 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI 17 sentabr soat 20 dan 18 sentabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 ms gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14°, kunduzi 23-25° bo‘ladi.

 

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

 

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

 

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 10-15°bo‘ladi.