17 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
17.09.2025
17 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.