18-21 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
16.09.2025
18-21 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-19 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20-21 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,19-21 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18-19 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27°, 20-21 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18-20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 21 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19-21 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentabrda 10-15°, 21 sentabrda 12-17°, kunduzi 18-19 sentabrda 23-28°, 20-21 sentabrda 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 sentabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentabrda 10-15°, 21 sentabrda 12-17°, kunduzi 18 sentabrda 20-25° bo‘ladi, 19-21 sentabrda asta-sekin 25-30° gacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19-20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentabrda 10-15°, 21 sentabrda 12-17°, kunduzi 18-19 sentabrda 25-30°,
20-21 sentabrda 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 sentabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 19 sentabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 va 21 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-20 sentabrda 10-15°, 21 sentabrda 12-17°, kunduzi 18 sentabrda 20-25° bo‘ladi, 19-21 sentabrda asta-sekin 25-30° gacha ko‘tariladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, faqat 20 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 18 sentabrda 10-15° bo‘ladi, 19-21 sentabrda asta-sekin 15-20° gacha ko‘tariladi.