14-17 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
12.09.2025
14-17 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 14 sentabrda Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14 sentabrda 12-17°, kunduzi 25-30°, 15-17 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 va 17 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16 sentabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi; 15-17 sentabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.
SAMARQAND VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi; 15-17 sentabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 15-17 sentabrda 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
ANDIJON, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14-15 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi; 15-17 sentabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.
NAMANGAN VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16-17 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-16 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 14 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30° bo‘ladi; 15-17 sentabrda kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 14 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15-17 sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 sentabrda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi; 15-17 sentabrda kechasi 5-10° gacha, kunduzi 10-15° gacha pasayadi.