11 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.09.2025

11 SENTYABR KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasida va kechga tomon Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-33°, janubda 37-39° gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo‘ladi.