12-15 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
10.09.2025
12-15 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 sentabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 13-15 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 12 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 sentabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14-15 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 13-15 sentabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi, 13-15 sentabrda kechasi 9-14° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-14 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 sentabrda 15-20°, 15 sentabrda 12-17°, kunduzi 12-13 sentabrda 30-35° bo‘ladi, 14-15 sentabrda 20-25° gacha pasayadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12 sentabrda kechasi 17-22°, kunduzi 33-38° bo‘ladi, 13-15 sentabrda kechasi 12-17° gacha, kunduzi 25-30° gacha pasayadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-14 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 sentabrda 15-20°, 15 sentabrda 12-17°, kunduzi 12-13 sentabrda 30-35° bo‘ladi, 14-15 sentabrda 20-25° gacha pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 12-14 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 15 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi. Harorat 12-13 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi, 14-15 sentabrda kechasi 7-12° gacha, kunduzi 12-17° gacha pasayadi.