11-14 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

11-14 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

09.09.2025

11-14 SENTABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 12 sentabrda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 sentabrda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi,
chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-12 sentabrda 12-17°, 13-14 sentabrda 8-13°, kunduzi 11 sentabrda 25-30°, 12 sentabrda 22-27°,
13-14 sentabrda 20-25° bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11-12 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 13 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°; 14 sentabrda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 11 sentabrda 28-33°, 12-13 sentabrda 30-35°, 14 sentabrda 27-32° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 11-12 sentabrda kechasi 17-22°, kunduzi 33-38°; 13 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 14 sentabrda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 11-13 sentabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 11-13 sentabrda 25-30°, 14 sentabrda 27-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 11-13 sentabrda 22-27°, 14 sentabrda 19-24° bo‘ladi.