1 AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

1 AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

01.08.2025

MUHIM HODISALAR

1 avgustda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

1 AVGUST KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 32-37° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-37° bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda qisqa mudatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.