31 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

31 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

31.07.2025

MUHIM HODISALAR

31 iyul va 1 avgustda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

31 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 34-36° bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda qisqa mudatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.