19 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

19.07.2025

19 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. 
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 38-43°, janubda va cho’l hududlarda 44-45° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 41-43° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.