17 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.07.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 17-19 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
17-iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18-20 iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
17 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-41°, shimolda, janubda va cho’l hududlarda 43-44° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.