15 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
15.07.2025
15 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, shimolda, janubda va cho’l hududlarda 40-42° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.