1 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
01.07.2025
MUHIM HODISALAR
2-iyul kuni respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 3-5 iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 3-5 iyulda ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
1 IYUL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda va cho’l hududlarining ba’zi joylarda 41-42° gacha bo’lsdi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo‘ladi.