O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 30-IYUN 1-4-IYUL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
30.06.2025
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi.
Havo harorat kunduzi 34-37 darajani, eng chekka janubda 40-41 darajani tashkil etadi.
1-5 iyul kunlari issiq asta-sekin kuchayadi.
Eng issiq kunlar respublika shimolida 2 va 3 iyulda, cho‘l hududlarda
3 va 4 iyulda, respublikaning qolgan hududlarida 4 iyul va 5 iyul kunlari kuzatiladi. Shu kunlarda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekiston bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 2-4 iyulda shimolda va cho‘l hududlarda, 5 iyulda respublika bo‘yicha ayrim joylarda ba’zida
20-25 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkentda: havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
30 iyun va 1 iyul kunlari harorat asosan 35-38 daraja, 2-3 iyulda
38-40 daraja, 4-5 iyulda 40-43 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 30-iyun