1-3 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

1-3 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI

29.06.2025

1-3 IYULGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 2-3 iyulda ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkun. Harorat kechasi 1 va 3 iyulda 20-25°, 2 iyulda 22-27°, kunduzi 1 iyulda 36-41°; 2 iyulda 32-37°, ba’zi joylarda 41° gacha, 3 iyulda 30-35° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkun. Harorat 1 iyulda kechasi 20-25°, kunduzi 36-41°, 2-3 iyulda kechasi 22-27°, kunduzi 38-43°bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 1 iyulda 34-39°, 2-3 iyulda 36-41° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkun. Harorat kechasi 22-27°, kunduzi 1 iyulda 37-42°, 2-3 iyulda 38-43° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 3 iyulda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°
kunduzi 1 iyulda-32-37°, 2-3 iyulda 36-41° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 1 iyulda 25-30°, 2-3 iyulda 27-32° bo‘ladi.