23 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
23.06.2025
23 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylayda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 35-40°, janubda va cho’l hududlarida 42-44° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona viloyatining tog’li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkun. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-30° bo‘ladi.