17 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
17.06.2025
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 17-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
17 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida,
17-19 iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
17 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 37-42°, janubda va cho’l hududlarida 43-44° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 38-40° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32° bo‘ladi.