14 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
14.06.2025
MUHIM HODISALAR
14-16 iyun kunlari tog’ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Joriy yilning 16-19 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.
16-17 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida,
17-19 iyunda O‘zbekistonning qolgan hududlarida havo harorati kunduz kunlari 40-42 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-44 darajagacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
14 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, cho’l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkun. Harorat 33-38°, shimolda, janubda va cho’l hududlarida 40° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.