13 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13.06.2025

MUHIM HODISALAR

13-16 iyun kunlari tog’ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

13 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, cho’l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkun. Harorat 33-38°, janubda 40° gacha bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkun. Harorat 33-35° bo’ladi.

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.