11 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
11.06.2025
MUHIM HODISALAR
11-16 iyun kunlari tog’ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
11 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35° bo’ladi.
Toshkentda havo o’zgaruvchan bo’ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkim. Harorat 20-25° bo‘ladi.