10 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.06.2025
MUHIM HODISALAR
10-16 iyun kunlari tog’ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
10 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatining ayrim joylarida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35° bo’ladi.
Toshkentda havo o’zgaruvchan bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkim. Harorat 18-23° bo‘ladi.