9 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.06.2025

MUHIM HODISALAR
9 iyun kunlari tog’ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
9 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35° bo’ladi.
Toshkentda havo o’zgaruvchan bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, 
chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-35° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkim. Harorat 20-25° bo‘ladi.