10-12 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

10-12 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

08.06.2025

10-12 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10-12 iyunda Qoraqalpogʻiston respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -10-11 iyunda 15-20°, 12 iyunda 17-22°, kunduzi 10 iyunda 27-32°, 11-12 iyunda 32-37° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.