7 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.06.2025
MUHIM HODISALAR
7-9 iyun kunlari tog’ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
7 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Farg’ona vodiysi viloyatlarida, Toshkent viloyatida kechga tomon qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 28-33° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 12-17 m/s gacha kuchayadi. Harorat 18-23° bo‘ladi.