6-8 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

6-8 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

04.06.2025

6-8 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, 6 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 7-8 iyunda yog’ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 6 iyunda ayrim ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 25-30°; 7-8 iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 6 iyunda ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 6 iyunda 20-25°, 7-8 iyunda 17-22°, kunduzi , 6-7 iyunda 28-33°, 8 iyunda 30-35° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, faqat 7 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 6 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 30-35°; 7 iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 25-30°, 8 iyun kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 7 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 6 iyunda 20-25°, kunduzi 28-33°, 7-8 iyunda kechasi 17-22° , kunduzi 30-35° bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog’ingarchilik kuti;lmaydi, faqat 7 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38°; 7 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 25-30° , 8 iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 7 iyunda ba’zi jylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 iyunda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 7 iyunda kechasi 10-15°, kunduzi 15-20° , 8 iyunda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.