4 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
04.06.2025
4 IYUN KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqolpog’iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 34-39°, janubda va cho’l hududlarda 40° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28° bo‘ladi.