5-7 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
03.06.2025
5-7 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 6 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 5 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 6 iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 25-30°; 7 iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 5-6 iyunda 20-25°, 7 iyunda 17-22°, kunduzi 5 iyunda 35-40°, 6-7 iyunda 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-6 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 5 iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 34-39°; 6 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 7 iyunda kechasi 17-22°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-6 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 5-6 iyunda 20-25°, 7 iyunda 17-22°, kunduzi 5 iyunda 37-42°, 6-7 iyunda 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 5-6 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 5 iyunda kechasi 16-21°, kunduzi 32-37°; 6 iyunda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 7 iyunda kechasi 18-23°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 7 iyunda ba’zi jylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 5 iyunda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°; 6 iyunda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 7 iyunda kechasi 10-15°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.