2 IYUN OB-HAVO PROGNOZI 1 iyun soat 20 dan 2 iyun soat 20 gacha

2 IYUN OB-HAVO PROGNOZI 1 iyun soat 20 dan 2 iyun soat 20 gacha

01.06.2025

MUHIM HODISALAR
1-2 iyun kunlari tog’ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
2 IYUN OB-HAVO PROGNOZI 1 iyun soat 20 dan 2 iyun soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 30-32° bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 
Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertlab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 
momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 
Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo‘ladi.