31 MAY-2 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
29.05.2025
31 MAY-2 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 31 mayda 15-20°, 1-2 iyunda 17-22°, kunduzi 31 may-1 iyunda 32-37°, 2 iyunda 34-39° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 31 mayda 13-18°, 1-2 iyunda 15-20°, kunduzi 31 mayda 25-30° bo‘ladi, 1-2 iyunda 30-35° gacha ko‘tariladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 31 may- 1 iyunda 15-20°, 2 iyunda 17-22°, kunduzi 31 mayda 30-35°, 1-2 iyunda 33-38° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 31 may-1 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 2 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 may-1 iyunda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 2 iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 31 mayda 17-22° bo‘ladi, 1-2 iyunda 22-27° gacha ko‘tariladi.