29 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
29.05.2025
MUHIM HODISALAR
29- may- 2 iyunda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
29 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy viloytlarida va kechqurun Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 23-28° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-27° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 18-23° bo‘ladi.