30 MAY-1 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

30 MAY-1 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

28.05.2025

30 MAY-1 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 30-31 mayda 15-20°, 1 iyunda 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 mayda Navoiy viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 30 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 31 may-1 iyunda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 30 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 31 may-1 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 29 mayda 23-28° bo‘ladi, 31 may-1 iyunda 28-33° gacha ko‘tariladi. 

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-31 mayda 30-35°, 1 iyunda 32-37° bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30 mayda 23-28°, 31 mayda 25-30°, 1 iyunda 27-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 30-31 mayda 17-22° bo‘ladi, 1 iyunda 22-27° gacha ko‘tariladi.