28 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.05.2025

MUHIM HODISALAR

28- may- 2 iyunda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

 

28 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg’ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 23-28° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo’ladi.

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 18-23° bo‘ladi.