27 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
27.05.2025
MUHIM HODISALAR
27 mayda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
27 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 20-25° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.