23 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

23.05.2025

MUHIM HODISALAR

23-27 mayda tog’ oldi va tog’li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

23 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, ertalab Navoiy viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan  7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-33° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan  5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28-30° bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g’arbdan  7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 18-23° bo‘ladi.