22 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.05.2025
22 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasida ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda 22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-38°, shimolda 27-32° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-38° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 25-30° bo‘ladi.