21-23 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

21-23 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

19.05.2025

21-23 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, 22 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 22 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°; 23 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, 22 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 35-40°; 22 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 23 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 21 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 33-38°; 22 mayda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°; 23 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi, 23 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 mayda kechasi 18-23°, kunduzi 34-39°; 22 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 37-42°; 23 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 21-22 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 33-38°, 23 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 21 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 22-23 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22-23 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 21 va 23 mayda 10-15°, 22 mayda 13-18°, kunduzi 21-22 mayda 23-28°, 23 mayda 18-23° bo‘ladi.