19 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
19.05.2025
MUHIM HODISALAR
19 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
19 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 28-33° bo’ladi.
Toshkentda havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mukin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esad. Harorat 17-22° bo‘ladi.