17 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
17.05.2025
MUHIM HODISALAR
17-19 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
17 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston Respublikasida, Xorazm viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Navoiy viloyatining cho’l hududlarida, kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mukin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang to’zonlar bilan kuzatilishi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-38°, shimolda 23-28° gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mukin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 36-38° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o’zgaruvchan bo’ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mukin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo‘ladi.